G‘ayrat, jamoang senga bilim va tajribang uchun ergashadi
O‘zingdan kuchliroq kadrlarni yig‘ishing tabiiy hol, lekin ularga biror narsani o‘rgata olishing kerak: • Moliyachimisan, buxgaltering bank bilan ishlashda…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriO‘zingdan kuchliroq kadrlarni yig‘ishing tabiiy hol, lekin ularga biror narsani o‘rgata olishing kerak:
• Moliyachimisan, buxgaltering bank bilan ishlashda sendan ustun bo‘lsa ham, moliyaviy tahlilni sendan o‘rganishi kerak.
• Marketologmisan, kopiraytering matn yozishda kuchliroq bo‘lsa ham, marketing strategiyasini sendan o‘rganishi shart.
• Sotuv rahbarimisan, operatorlaring telefonda sendan yaxshi gaplashishi mumkin, lekin jamoani ruhlantirish sening ishing.
Xulosa: vazifangdan qat’i nazar, atrofingga o‘zingdan yaxshi xodimlarni to‘pla. Muhimi, ularga o‘rgata oladigan bilim va mahorating doim bo‘lsin.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni qiynama
Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…
G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi
Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…