Asosiy mazmunga o‘tish
Oylik va motivatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, muzlatgichni to‘ldir

Davlat boshqaruvida bir haqiqat bor: hokimiyatga televizor orqali kelinadi, ammo hokimiyatda muzlatgich bilan qolinadi. Ya’ni, odamlarni katta va’dalar bilan…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Davlat boshqaruvida bir haqiqat bor: hokimiyatga televizor orqali kelinadi, ammo hokimiyatda muzlatgich bilan qolinadi.

Ya’ni, odamlarni katta va’dalar bilan qisqa muddatga ergashtirish mumkin. Lekin vaqt o‘tadi, televizor o‘chirilib, muzlatgich ochiladi — ichida nima borligi hal qiladi, odam qoladimi yo‘qmi.

Kompaniya ham xuddi shunday.

Dastlab yirik maqsadlar, yuqori maosh va’dasi bilan jamoani yig‘ish mumkin. Biroq ularni ushlab qolish uchun bitta narsa muhim:
— Haqiqat.

Haqiqat bu:

- Real, bozordan kam emas maosh.
- Adolatli, do‘stona munosabat.
- Xavfsiz, barqaror muhit.
- O‘sish imkoniyati. Ham shaxs, ham lavozim jihatdan.

Muzlatgich bo‘sh bo‘lsa, eng sadoqatli odam ham ketish ehtimoli juda yuqori, unutma.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma

Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…

1 daqiqa
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch

Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…

1 daqiqa