G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma
Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriOylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi.
Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.
Ijara, oziq-ovqat, benzin va kiyim-kechakdan keyin deyarli hech narsa qolmaydi.
Rivojlanish to‘xtagan.
Ehson to‘xtagan.
Zaxira yo‘q.Mashina olgan-u, evaziga erkinligini bergan.
Shunda unga oddiy qoidani tushuntirdim. Senga ham kerak bo‘lishi mumkin.
Oylik daromading — $1 500, deb olamiz:
Naqdga mashina olsang, narxi yarim yillik daromading atrofida bo‘lgani yaxshi — $9 000 (Nexia 3)
Bo‘lib to‘lashga olsang, mashina to‘lovi oylik daromadingning 1/3 qismidan oshmasin — $500
Boshqa qarz va nasiyalaring ham bo‘lsa, hammasini qo‘shganda oyligingni yarmidan oshmasin — $750
Nasiyaga berishlari — sen uni bemalol ko‘tara olishingni anglatmaydi.
Sotuvchi qarzni qaytarishingni o‘ylaydi.
Sen esa qarzni qaytarib, qanday yashashingni ham o‘yla.
Faqat bitta istisno bor.
Agar mashina sening pul topish vositang bo‘lsa, hisob boshqacha.
Taksi qilsang, yuk tashisang yoki savdo bilan yursang, mashina xarajat emas — ish quroli.
Bunda savol oylik to‘lovi qancha ekanida emas.
Savol:
Benzin, servis, ta’mir va to‘lovlardan keyin qancha sof pul topyapsan?
Agar arzonroq mashina ham shu daromadni keltirsa, qimmatrog‘ini “ish uchun oldim” deb o‘zingni aldama.
Oradagi farq investitsiya emas.
Havas xarajati.
Xullas, mashinang hayotingni yengillashtirsin, og‘irlashtirmasin.
Avval ham aytganman:
Boshqaruv o‘zingni boshqarishdan boshlanadi.
Havasni boshqarmasang, bir kun kelib to‘lovlaring seni boshqaradi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch
Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…
G‘ayrat, xodimingni o‘ziga qiyin paytda yaxshiroq taniysan
Ishlar joyida, yuklamasi oz, shikoyat yo‘q — hamma yaxshi ko‘rinadi. Intizom ham, sadoqat ham, motivatsiya ham bor. Oylik kechiksa, bonus oz chiqsa, ishidan…
G‘ayrat, qo‘lingdan ish kelib qolsa, seni chalg‘itadigan takliflar ham ko‘payadi
Ko‘proq oylik, kattaroq lavozim, sheriklik va’dalari bilan chiqishadi. Aslida bu yomon emas — o‘zingga ishonching ortadi, daromading oshishiga sabab ham…