Asosiy mazmunga o‘tish
Oylik va motivatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, qo‘lingdan ish kelib qolsa, seni chalg‘itadigan takliflar ham ko‘payadi

Ko‘proq oylik, kattaroq lavozim, sheriklik va’dalari bilan chiqishadi. Aslida bu yomon emas — o‘zingga ishonching ortadi, daromading oshishiga sabab ham…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ko‘proq oylik, kattaroq lavozim, sheriklik va’dalari bilan chiqishadi.

Aslida bu yomon emas — o‘zingga ishonching ortadi, daromading oshishiga sabab ham bo‘ladi.

Ishxonang uchun ham yaxshi — to‘g‘ri odamga imkon bergani tashqaridan ham tan olinadi.

Yomon tomoni shuki, bu takliflar ko‘zingni ko‘r qilib, bor narsalaringni ko‘rmay qo‘yishingga sabab bo‘lishi mumkin.

Shunda o‘zingga savol ber:

— Bozor darajasida oylik olyapmanmi?

— Ishxonam kechagidan ko‘ra rivojlanayaptimi?

— Atrofimdagi muhit meni o‘stirayaptimi?

— Rahbarim faqat buyruq berayaptimi yoki haqiqiy bilim ham beryaptimi?

Agar barchasiga javobing “ha” bo‘lsa, seni sen qilgan shu yer, shu odamlar. Qadriga yet — qadringga albatta yetishadi.

Agar faqat pul masalasida norozi bo‘lsang, rahbaring bilan ochiq gaplash.
Rahbaring durust bo‘lsa, oylikni oshiradi. Durust bo‘lmasa, bahona topadi.

Bahona qiluvchi, himmati past odamlar bilan uzoq muddat ishlolmaysan — yakunda ketasan.

Yana bir xavf bor: tashqaridagilar seni ortiqcha baholagan bo‘lishi ham mumkin. Bunga ham aldanma.
Seni yaxshi taniydigan, vijdonli mutaxassis do‘stlaring bilan maslahatlash.

Rahbaring odil bo‘lsa, sen so‘ramasang ham oyligingni oshirib beradi, shunchaki to‘g‘ri vaqtni kutayotgan bo‘lishi mumkin, shoshilma.

Yaxshi pul to‘lashadi, lekin boshqa qismlarda jiddiy muammo sezayotgan bo‘lsang ham o‘sha gap — uzoq qololmaysan.

Uzoq qolsang, sen ham ulardan biri bo‘lasan, qolasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma

Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…

1 daqiqa
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch

Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…

1 daqiqa