G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch
Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriHamshira ukol qilishdan oldin:
“Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi.
Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor:
“Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi.
Lekin shu hamshira indamay kelib, to‘satdan igna sanchsa, odam og‘riqni qattiqroq sezadi.
Igna o‘sha igna.
Dori o‘sha dori.
Farqi bitta: birida odam tayyor edi, ikkinchisida yo‘q.
Boshqaruvda ham shunaqa.
Yomon gapni odamga to‘satdan aytma. Avval o‘zini tayyorlab olsin.
Masalan, xodimning oyligi kutganicha oshmaydi.
So‘ragan ruxsati berilmaydi.
Qilgan ishini qayta qiladi.
Yoki intizom bo‘yicha gap eshitadi.
Buni aylantirib, oxirida aytma.
Boshidan ayt:
“Hozir senga yoqmaydigan gap aytaman. Lekin aytishim kerak.”
Yoki:
“Gapim senga og‘ir botishi mumkin. Shuni bilib turib aytyapman.”
Shundan keyin odam ichidan tayyor turadi.
Keyin asosiy gapni aytasan:
“Bu safar oylik kamroq oshadi.”
“Bu ish bo‘lmaydi, qayta qilasan.”
“Bu holat yana takrorlansa, chora ko‘ramiz.”
Gaping baribir yoqmaydi, tabiiy.
Lekin to‘satdan kaltaklangandek his qilmaydi. Natijada:
Odam birdan qizishib ketmaydi. O‘zini oqlashga, bahslashishga, hujumga o‘tishga kamroq harakat qiladi.
Odatda, gapni yumshatdim deb o‘ylaysan. Aslida odamni oxirigacha xavotirda ushlab turasan.
Avval ogohlantir.
Keyin ayt.
Keyin yechimga o‘t.
Shunda og‘riq ham kamayadi, osonroq ham qabul qiladi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma
Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…
G‘ayrat, xodimingni o‘ziga qiyin paytda yaxshiroq taniysan
Ishlar joyida, yuklamasi oz, shikoyat yo‘q — hamma yaxshi ko‘rinadi. Intizom ham, sadoqat ham, motivatsiya ham bor. Oylik kechiksa, bonus oz chiqsa, ishidan…
G‘ayrat, qo‘lingdan ish kelib qolsa, seni chalg‘itadigan takliflar ham ko‘payadi
Ko‘proq oylik, kattaroq lavozim, sheriklik va’dalari bilan chiqishadi. Aslida bu yomon emas — o‘zingga ishonching ortadi, daromading oshishiga sabab ham…