Asosiy mazmunga o‘tish
Oylik va motivatsiya2 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodimingni o‘ziga qiyin paytda yaxshiroq taniysan

Ishlar joyida, yuklamasi oz, shikoyat yo‘q — hamma yaxshi ko‘rinadi. Intizom ham, sadoqat ham, motivatsiya ham bor. Oylik kechiksa, bonus oz chiqsa, ishidan…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ishlar joyida, yuklamasi oz, shikoyat yo‘q — hamma yaxshi ko‘rinadi. Intizom ham, sadoqat ham, motivatsiya ham bor.

Oylik kechiksa, bonus oz chiqsa, ishidan kamchilik topilsa — asl fe’li yuzaga chiqadi.

Kimdir vaziyatni tushunadi yoki o‘z xatosini anglab jim xulosa qiladi. Kimdir esa ichida yig‘ib yurgan gaplarini ham g‘azab bilan chiqarib yuboradi.

Shu bois g‘azab payti aytilgan gaplar tasodif emas — ular ichkarida anchadan beri majburan saqlab kelinayotgan bo‘ladi, xolos.

Jamoamizda oylab bonus olmagan bo‘lsa ham bir og‘iz shikoyat qilmay ishlagan top menejerlarimiz bor — biz uchun qadri baland odamlar.

Qattiq tanbeh eshitib ham ranjimasdan, xulosa qilib, yanada kuchaygan shogird menejerlarimiz bor — kelajagi bor insonlar

Ha, oylik kechikkan paytlar bo‘ldi. Bonuslar kam chiqqan davrlar bo‘ldi. Shikoyatlar tushgan, hatto jarima qilish to‘g‘ri kelgan vaziyatlar ham bo‘ldi, bo‘ladi ham. Ba’zan bo‘ldiriladi ham.

Afsus, hamma vaziyatlar ham bizni jamoadoshlarimiz bilan yaqinlashtirmaydi. Ayniqsa, xodim yoshi 25+ bo‘lsa, o‘zgartirolishimiz qiyinligini bilish bizni hafa qiladi.

Endi, istar istamas, bu insonlarga yangi imkoniyatlar, mas’uliyatlar berish ehtimolimiz kamayib boradi.

Buni xodim-rahbar muammosi (principle-agent problem) deydi. Kim rahbar sifatida o‘zini ko‘rib, biznesni o‘zinikidak tutsa, jamoa manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yolsa, vaqti kelib bir qismi albatta o‘ziniki bo‘ladi.

Yokida eng kamida boshqa bir biznes qurolish ko‘nikmasiga, odamlarning ishonchiga ega bo‘ladi va bu oylikdan ancha qimmat narsalar.

Qiyin paytlar seni ham kimligingni, adolatingni ko‘rsatadi. Xodimlar o‘sha paytlarda qilgan ishlaringni unutishmaydi — o‘zing ham hushyor bo‘l.

Jazolamoqchi bo‘lsang, loyqa suv tinishini, odamlar o‘zlari xatolarini anglab yetishlarini kutganing yaxshi. Shunda ham tushunmadimi, endi majbur sinaysan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma

Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…

1 daqiqa
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch

Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…

1 daqiqa