Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, seni “sen” qilganlarni unutma

Sen bugun yetuk bo‘lib, ishni mustaqil qilayotgan bo‘lsang — bu faqat o‘zingning mehnating emas. Senga ish bergan, vakolat ishonib topshirgan, xatolaringga…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Sen bugun yetuk bo‘lib, ishni mustaqil qilayotgan bo‘lsang — bu faqat o‘zingning mehnating emas.

Senga ish bergan, vakolat ishonib topshirgan, xatolaringga qaramay yoningda turgan, tajribasini ulashgan rahbarlaring bor.

Ular sen qiynalgan kunlarda maslahat bergan, dardingni tinglagan, jamoang och qolmasligi uchun hatto molini sotgan, insonlar ishonishi uchun obro‘sini tikkan.

Bugun “sohangdagi hamma ishni o‘zim qilyapman” deb o‘ylashing mumkin. Lekin unutma: seni “sen” qilganlar bor.

Qadr bilgan odam xor bo‘lmaydi. Qadr bilmagan odam esa hech o‘rnini topmaydi.


Post eng avvalo o‘zimga nasixat.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa