G‘ayrat, yakka o‘zing hech kimsan
Qaysi lavozimda bo‘lishingni farqi yo‘q — biznes egasi, direktor, menejer yoki xodim — o‘zingni “eng muhim” deb o‘ylama. Biznes egasi bo‘lsang: “Men pul…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriQaysi lavozimda bo‘lishingni farqi yo‘q — biznes egasi, direktor, menejer yoki xodim — o‘zingni “eng muhim” deb o‘ylama.
Biznes egasi bo‘lsang: “Men pul topmasam, g‘oya bermasam bu ish yurmaydi” dema. Pul, g‘oya — benzin. Ha, u kerak, lekin zapravka bitta emas.
Direktor bo‘lsang: “Men boshqarmasam, ish to‘xtaydi” dema. Sen haydovchiga o‘xshaysan. Ha, mashinani yo‘naltirasan, lekin shofyorni ham almashtirish mumkin.
Menejer bo‘lsang: “Men bo‘lmasam, energiya bo‘lmaydi” dema. To‘g‘ri, sen akkumulyatorga o‘xshaysan. Hamma sendan energiya oladi. Lekin, seni ham alishtirsa bo‘ladi.
Xodim bo‘lsang: “Men ishlab bermasam, tushum tushmaydi” dema. Seni g‘ildirakka o‘xshatish mumkin. Ha, g‘ildiraksiz mashina yurmaydi, lekin g‘ildirak teshilsa, almashtirib olaverishadi.
Lo‘nda gap shuki: mashina faqat hammasi birgalikda ishlaganda yuradi. Benzinsiz ham, haydovchisiz ham, g‘ildiraksiz ham yurmaydi. Lekin hech biri yolg‘iz o‘zi hammani o‘rnini bosa olmaydi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan
Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…
G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas
Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…
G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma
Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…