Asosiy mazmunga o‘tish
Oylik va motivatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, menejerga oylik belgilashda e’tibor ber

Asosiy oyligi — faqat ehtiyojini yopadigan bo‘lsin: ovqat, kiyim, ijara, yo‘lkra. Orzu-maqsadlari — KPI va OKR orqali topsin. Mashina, uy, chetga safar — bular…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Asosiy oyligi — faqat ehtiyojini yopadigan bo‘lsin: ovqat, kiyim, ijara, yo‘lkra.

Orzu-maqsadlari — KPI va OKR orqali topsin. Mashina, uy, chetga safar — bular mukofot bo‘lishi kerak.

Nega? Chunki odamni doimiy “xayollar” bilan emas, aniq natija bilan rag‘batlantirish kerak. Shunda menejer ham tirishadi, ham natija ko‘rsatadi.

Bu model marketolog, ROP, moliyachi, operatsion va filial boshqaruvchilariga to‘g‘ri keladi.
Qolgan lavozimlar uchun boshqa yo‘l topish kerak bo‘ladi.

Biz maktablarimizda shunday qilamiz.

Xulosa: Ehtiyoj — barqaror oylikdan. Orzu — natija va samaradan. Shu adolatli va samarali.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma

Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…

1 daqiqa
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch

Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…

1 daqiqa