G‘ayrat, jamoadoshlaringni yaxshi sifatlari bilan esla
Sendan so‘rashsa — yaxshi ishlarini, qilayotgan mehnatini aytgin. Noroziliklaringni boshqalar bilishi shart emas — o‘zi bilsa yetadi. Kamchiligi yo‘q bo‘lganda…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriSendan so‘rashsa — yaxshi ishlarini, qilayotgan mehnatini aytgin.
Noroziliklaringni boshqalar bilishi shart emas — o‘zi bilsa yetadi.
Kamchiligi yo‘q bo‘lganda ehtimol seni jamoangda bo‘lmasdi — o‘zi bir jamoa boshqarayotgan bo‘lardi.
Senga ham kimdir kamchiliklaringga qarab muomala qilsa hotirjam ishlolmaysan-ku. Yaxshi sifatlariga qarab muomala qilaver.
Odamlarga ishonsang — ishonchingni oqlashga imkonlari bo‘ladi. Oqlolmasa ayb senda bo‘lmaydi.
Odamlarga ishonmasang — ayb senda, sodiqlarni topolmaysan, chunki imkon bermagan sen bo‘lasan.
Yaxshisi har kimga imkon ber, liderlarga shu yarashadi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…