G‘ayrat, kitobni kamroq o‘qi!
Avval o‘zingni tani: • G‘oya odami — yangilikni yaxshi ko‘radi, tez zerikadi, rejalar tuzadi, kelajakni o‘ylaydi. Unda: “Yana nima yangilik qilsak bo‘ladi?”…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriAvval o‘zingni tani:
• G‘oya odami — yangilikni yaxshi ko‘radi, tez zerikadi, rejalar tuzadi, kelajakni o‘ylaydi. Unda: “Yana nima yangilik qilsak bo‘ladi?” degan savol doim yonib turadi.
• Ijro odami — tartibni yaxshi ko‘radi, vazifalarni nazorat qiladi, jamoani ushlab turadi. Unda: “Bu ish vaqtida tugaydimi? Kim nima qilayapti?” degan savol doim muhim.
Biznesga ikkisi ham kerak: biri gaz, biri tormoz. Gazsiz yurmaydi, tormozsiz yiqiladi.
Ijro odamisiz — yangi imkoniyatlarni topasan, lekin tartib va qat’iy ijro oqsab, hammasi qog‘ozda qoladi.
G‘oya odamisiz — ishlar qat’iy yuradi, lekin yangi g‘oya yetmasdan asta-sekin orqada qolasan.
Kitob ikkisiga farqli maqsadda kerak:
• G‘oya odami uchun — qurol. Uni o‘qib, yangi yo‘nalish, reja va strategiyalar topadi.
• Ijro odami uchun — vosita. Faqat zarur bo‘lganda, masalan muzokarani o‘rganish kerak bo‘lsa, shu mavzuda o‘qiydi.
Boshlanishida ikkisini ham qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Mayli. Lekin qaysi tomoning kuchli bo‘lsa — o‘sha yoqda yulduz bo‘l.
⚽ Katta o‘yinlarda ham zo‘r hujumchi, ham zo‘r himoyachi bo‘lolmaysan. Tan ol.
Aytgancha, kompaniya bosh direktori (CEO) g‘oya odami bo‘lishi yaxshiroq natija beradi, Horowitz aytgan.
Bizda ham Azizbek akam hujumchilar, kamina esa himoyada, ikki yo‘nalishda ham ajoyib jamoadoshlarimiz bor, albatta😊

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni qiynama
Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…
G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi
Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…