Ishlatishni o‘rgan
G‘ayrat, menejer bo‘lar ekansan, endi sani ishing avvalgi kabi o‘zing ishlash emas, boshqalarni ishlatish bo‘ladi. Ishlatish uchun o‘rgatishing kerak.…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriG‘ayrat, menejer bo‘lar ekansan, endi sani ishing avvalgi kabi o‘zing ishlash emas, boshqalarni ishlatish bo‘ladi.
Ishlatish uchun o‘rgatishing kerak.
O‘rgatishni eng zo‘r yo‘li — o‘zing bajarib namuna bo‘lishing.
Ko‘rsatib berdingmi, endi o‘ziga qo‘yib ber, tugatsin. Sen yordam so‘rasa berasan, boshqa payt kuzat.
Boshida natijasi sen o‘zing qilganingchalik bo‘lmaydi, 70% gacha sifatda bajarsa qabul qilaverasan.
Vaqt va o‘rgatishing bilan tajribasi oshadi, sendan o‘tadi ham, shoshilma.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni qiynama
Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…
G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi
Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…