Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, kelishuvda himmatli, o‘zgartirishda esa qattiqqo‘l bo‘l

Xodim bilan — oylik, sherik bilan — ulush, bino egasi bilan — ijara, va hokazo. Hayot bo‘yi shularni kelishasan. Avval ma’lumot yig‘, tajribali odamlar bilan…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Xodim bilan — oylik, sherik bilan — ulush, bino egasi bilan — ijara, va hokazo. Hayot bo‘yi shularni kelishasan.

Avval ma’lumot yig‘, tajribali odamlar bilan gaplash, keyin kelishuvga o‘t. Shunda xato kamroq bo‘ladi.

Yon bosmoqchimisan — kelishuv vaqtida qil. Ikki tomon imzo chekkanidan keyin, bir muddat o‘tmay turib, qayta ko‘rma.
Amaldagi kelishuvni o‘zgartirish ikkala tomonga ham qiyin bo‘lishi shart.

Misol:
Kelishuv muddati tugamasdan ish vaqtini ko‘paytirmoqchimi? — oyligini oshirishga majburlanadi.
Ijara narxini ko‘tarayaptimi? — to‘lov muddatini kechiktirishni qabul qiladi.

Xullas, win-win bo‘lmasa, yutayotgan taraf shuni odat deb bilib, yana ham ko‘proq talab qilishga o‘tadi. Kecha yuzi qizarib so‘ragan narsa bugun “normal” bo‘lib qoladi.

Bularning bari bizda bo‘lgan. Lekin oshkora aytolmayman — aksarlari bilan haligacha birga ishlaymiz, xafa bo‘lishmasin.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa