Asosiy mazmunga o‘tish
Oylik va motivatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, eng kuchli motivatsiya — e’tibor

Bir necha kun avval oyiga $3000 gacha oylik+KPi oladigan yaqin ukamiz, shogirdlarimizdan biri ishxonasidan ketishga qaror qilgani haqida aytib maslaxat so‘rab…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir necha kun avval oyiga $3000 gacha oylik+KPi oladigan yaqin ukamiz, shogirdlarimizdan biri ishxonasidan ketishga qaror qilgani haqida aytib maslaxat so‘rab keldi. Sababini so‘rasam, e’tibor yetishmasligini bildirdi.

Oylik oshirish ham yaxshi, bonus berish ham yaxshi va ikkisi ham shart.

Lekin bularning “beradigan kuchi” uzoqqa bormaydi. Bir-ikki oy o‘tadi, odam o‘rganib qoladi.

Keyin, ularni doim oshira olmaysan, bonus ham doim bo‘lavermaydi.

Obro‘, lavozim ham cheklangan.
Hammaga berolmaysan.

Berilgan odam ham bir-ikki oyda odatlanadi.

Hamma qadrlaydigan, hammaga yetadigan, qiymati arzon, ta’siri katta narsa — bu e’tibor.

• Ko‘rishganda tabassum qilsang — odamning kayfiyati ko‘tariladi.

• Yozgan xabariga “layk” bosib qo‘ysang — “meni o‘ylabdi” degan his paydo bo‘ladi.

• Charchab turganida “Rahmat” deb yelkasiga bir urib qo‘ysang — jonlanadi.

• Sog‘ligi, oilasi, rejalarini so‘raganing — munosabatni mustahkamlaydi.

• Biror muammosiga quloq solib, bir og‘iz maslahat berganing — hurmatini oshiradi.

Mana shu kabi oddiy narsalar — doimiy motivatsiya, qadrlanish hissi beradi.
Va bu narsani pul ham, mansab ham o‘rnini bosolmaydi.

Ayniqsa yaxshi mutaxassislar uchun — eng katta motivatsiya pul ham emas, lavozim ham emas, bu e’tibor.

Pul tugaydi.
Lavozimga ko‘nikiladi.
E’tibor esa odamni ushlab turadi, ishlatadi, kuch beradi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma

Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…

1 daqiqa
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch

Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…

1 daqiqa