Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodimlaring vazifalarini vaqtida bajarmayotgan bo‘lsa, ayb senda

“U vaqtida tugatolmasa ham ayb menda bo‘lishi mumkinmi?” deb so‘rashing mumkin. Ha, chunki: Vazifa — bu ishni yakunlash bo‘yicha sen va xodiming o‘rtasidagi…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

“U vaqtida tugatolmasa ham ayb menda bo‘lishi mumkinmi?” deb so‘rashing mumkin. Ha, chunki:

Vazifa — bu ishni yakunlash bo‘yicha sen va xodiming o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv, buyruq emas.

Kelishuv ikki tomon roziligi bilan shakllanadi.

Endi, vazifa tugash (dedlayn) vaqtini sen aytgan bo‘lsang buyruq beribsan.

Buyruqni inson tabiati yoqtirmaydi, yoqtirmagan ishimizni esa yetarlicha e’tibor bilan bajarmaymiz. Natija ham shunga yarasha bo‘ladi.

Boshqa tomondan, sen xodimingning hozirgi barcha vazifalarini, yuklamasini aniq bilmaysan.

U o‘ziga ham vazifa yaratadi va yana sen avval bergan, unutgan vazifalaringni ham bajarishi kerak.

5 ta shoshilinch ishi bor, sen yana 6-sini “tezlatish”ga urinsang, albatta qaysi biridir vaqtida bitmaydi. Va aybdor o‘zing bo‘lasan.

“Unda dedlaynni qanday aniqlash kerak” deb so‘rashing mumkin. Bajaruvchini “o‘zidan” so‘raysan. Bu haqida yozgandim.

Tabiiy, vazifa kech qolishiga boshqa sabablar ham bor:

- sababini tushuntirmasliging
- yetarlicha resurs bermaganing
- ish hajmi va yakuniy natijani aniq kelishmaganing kabi.

Har biri alohida post aslida.

Hozirga, dedlaynni birga kelishishga o‘t, yetadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa