G‘ayrat, gapni cho‘zma — lo‘nda ayt
Menejerning ishi 80% suhbatlardan iborat. Bundan kam bo‘lsa, asosiy vazifangdan chalg‘iyapsan. 15 soniyada aytiladigan fikrni 60 soniya gapirsang — har kuni…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriMenejerning ishi 80% suhbatlardan iborat. Bundan kam bo‘lsa, asosiy vazifangdan chalg‘iyapsan.
15 soniyada aytiladigan fikrni 60 soniya gapirsang — har kuni o‘zingning ham, jamoaning ham soatlarcha vaqtini yo‘qotasan.
Terminlar ham shuning uchun bor: mutaxassislar bir-birini tez va aniq tushunishi uchun.
Qisqa va aniq gapirish oson emas. Lekin suhbat ishingning asosiy qismi bo‘lar ekan — buni o‘rganishing shart.
Qanday o‘rganasan?
Fikringni yozib qayta qisqartirasan, aytgan gaplaringni esa yana-da qisqa qilib takrorlashni mashq qilasan. Boshqa yo‘ling yo‘q.
Suhbatdoshingni hafa qilib qo‘yishdan qo‘rqsang ham, qisqartirolmasan, cho‘zasan.
Qisqa va aniq gapirish borini ochiq aytish degani. Haqiqatlarni aytish oson emas o‘zi.
Rahbarlarga ochiq va aniq gapirish yarashadi. O‘zing tanla.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni qiynama
Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…
G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi
Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…