Asosiy mazmunga o‘tish
Fidbek berish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xo‘p dedingmi, endi shikoyat qilma

Qo‘shilmaydigan, lekin bajarishga rozi ishlaring bo‘ladi — “xo‘p”deysan va hech kimga indamay qilaverasan. Bajarishga norozi ishlaring ham bo‘ladi — “xo‘p”…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Qo‘shilmaydigan, lekin bajarishga rozi ishlaring bo‘ladi — “xo‘p”deysan va hech kimga indamay qilaverasan.

Bajarishga norozi ishlaring ham bo‘ladi — “xo‘p” demaysan va undan keyingi rahbarni muhokamaga qo‘shishni so‘raysan.

Menejering layoqatli va adolatli bo‘lsa, so‘rovingni to‘g‘ri qabul qiladi va masalani rahbari va sen bilan birga muhokamaga qo‘yadi.

Natijada xatosi bo‘lsa — bilib oladi, tushuntirolmayotgan bo‘lsa — o‘rganadi.

Xuddi shunday, xato senda bo‘lib chiqsa — qabul qilasan. Qabul qilmasang, uchib ketishing ham mumkin, takror bo‘laversa.

Unutma, rahbaringni hech qachon rahbariga shikoyat qilma. Masalani yuqoridagi singari birga muhokama qilishga odatlan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Fidbek berish

G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor

Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…

1 daqiqa