Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, boshqaruvdagi eng og‘ir narsa — qo‘rquv va xavotirni to‘g‘ri yo‘nalantirish

Xodim ketib qolsa, ishing orqaga ketadi. Lekin u bilan suhbatlarda qo‘rqqaningni ko‘rsatmaysan. Reja bajarilmasa, oylik va boshqa majburiyatlaringni bajargani…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Xodim ketib qolsa, ishing orqaga ketadi. Lekin u bilan suhbatlarda qo‘rqqaningni ko‘rsatmaysan.

Reja bajarilmasa, oylik va boshqa majburiyatlaringni bajargani pul yetmaydi. Lekin jamoaga vahima tarqatmaysan.

Odamlar seni asabiy qiladigan gaplarni aytadi. Sen esa eshitib, ichingda sindirib, tashqarida sokin turasan.

Bir xodimning dardini, mijozning shikoyatini boshqasiga o‘tkazmaysan — og‘iz temir qulf.

Uyda muammo bo‘lsa ham, ishga kelib kulimsiraysan. Tushkunlik ishda ko‘rinmasligi shart.

Xullas, rahbar bo‘lish — ichingdagi bo‘ron vaqtlarida ham, tashqarida barqarorlik talab qiladi.

Birinchi 3 yil seni jiddiy qiynaydi.
4–5 yildan keyin yo ko‘nikasan, yo sinasan.

Agar hamma narsani faqat ichingda yutsang — bir kuni yonib ketasan. Sovuqlashasan yoki portlaysan.

Shuning uchun rahbar jamoa oldida kuchli bo‘lishi shart, ammo yolg‘iz qolib yemirilishi shart emas.

Senda ham chiqish joyi bo‘lishi kerak: ishonchli odam, mentor, sherik yoki ustozing.

O‘zim ham tez tez Ustozlarim oldilariga borib turaman.

Xulosa: Jamoaga og‘irlik solma — lekin o‘zing ham og‘irlik ostida yolg‘iz qolma.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa