Asosiy mazmunga o‘tish
Xodimni rivojlantirish2 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodim, ayniqsa yangi bo‘lsa — senga savol bilan chiqishi yaxshi holat

Stiv Jobsning “ Biz sizni sizga o‘rgatish uchun emas, siz bizga o‘rgatishingiz uchun ishga olganmiz ” degan gapi mutaxassisning o‘z sohasi bo‘yicha ishlariga…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Stiv Jobsning “

Biz sizni sizga o‘rgatish uchun emas, siz bizga o‘rgatishingiz uchun ishga olganmiz

”

degan gapi mutaxassisning o‘z sohasi bo‘yicha ishlariga taalluqli, hamma narsaga emas.

Masalan:
• Marketolog marketing bo‘yicha sendan maslahat so‘ramasligi kerak, lekin jamoasi boshqaruvida ikkilanib qolsa — albatta senga murojaat qiladi.

• Sotuvchi sotish texnikalarini sendan o‘rganmaydi, lekin mahsulot bo‘yicha bilmaydigan ma’lumotlarini sendan so‘raydi.

• Maktabda tajribali direktor dars tahlili yoki o‘quvchi-o‘qituvchi bilan ishlash bo‘yicha sendan so‘ramagani yaxshi, lekin dars rejasini o‘zgartirish kabi umumiy masalalarda senga murojaat qilishi tabiiy.

Agar sen ularga:
“Shu oddiy narsani ham mendan so‘ramang”
deb dakki beradigan bo‘lsang, ular sendan so‘rashi kerak bo‘lgan masalalarda ham mustaqil (ba’zan zararli) qaror qila boshlaydi.

Mutaxassisligiga oid savol bilan chiqqanida esa:
“O‘zingiz qanday yechimni ma’qul ko‘rasiz?”
deya uni mustaqil fikrlashga o‘rgatish kerak. Chunki hamma ham bilganini darrov mustaqil bajara olmaydi.

Shu sababli, senga savol yoki maslahat bilan murojaat qilishsa — xursand bo‘l. Bu ularda ham sendagidek fikrlash va asta-sekin mustaqillikni shakllantiradi.

Agar umuman murojaat qilishmayotgan bo‘lsa — xafa bo‘l. Chunki yoki seni foydasiz deb o‘ylashyapti, yoki ilgari tanbeh berib qo‘rqitib qo‘ygansan. Buning oqibati esa — ko‘proq xato.

Kamina, o‘zi mas’ul jamoadoshlaridan tez-tez gaplashishni, ikkilangan joylarida uyatmasdan so‘rashlarini so‘raydi. Shunga bo‘lsa kerak, har kuni eng kami 3-4 nafar menejerlar bog‘lanib, u yoki bu yangi masalada maslahat, tavsiya olishadi.

Rahbarlarga o‘rgatish, yo‘l ko‘rsatish yarashadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, o‘zingni qiynama

Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas

Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi

Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…

1 daqiqa