G‘ayrat, agar sifatli ish qilayotgan bo‘lsang, odamlarga bepul foydalanib ko‘rish imkonini berishing kerak
Bugun c-space kovorking markaziga keldim, Yunusobod filiali. Administrator bu yerga birinchi marta kelganimni bilib, 4-qavatga chiqib bemalol foydalanishim…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBugun
kovorking markaziga keldim, Yunusobod filiali.
Administrator bu yerga birinchi marta kelganimni bilib, 4-qavatga chiqib bemalol foydalanishim mumkinligini aytdi. Faqat ketishdan oldin ro‘yxatdan o‘tishimni so‘radi. To‘lov qayerda bo‘lishini so‘raganimda esa tabassum bilan: “Birinchi kun bepul”, dedi.
Odatda xizmatiga ishonchi baland bo‘lgan brendlar shunday imkoniyat beradi — avval tekin foydalanib ko‘rib, keyin qaror qilish uchun. Ikki soatdan beri shu yerdaman, hozircha yoqdi.
Biz ham
o‘quvchilarga 3 kun bepul o‘qib ko‘rish imkoniyatini beramiz. Muhitni — sinfdoshlarini tanisin, sifatni — ustozlarini his qilsin deymiz. Shu orqali biz ham bolani real holatda kuzatib olamiz. Chunki test va psixologik suhbatlar yordamida o‘quvchini to‘liq tanish deyarli imkonsiz.
Boshqaruvchi sifatida faqat zo‘r jamoa yig‘ishing, ularni o‘stirishing yoki tizim qurishingning o‘zi yetmaydi.
Yakunda sendan real biznes natija — ko‘pincha kompaniyaga foyda keltirishing talab qilinadi.
Shu sabab, bu texnikalarni ham o‘rganib borishing kerak. Chunki sifatga e’tibor va mijozga to‘g‘ri yondashuv — oxir-oqibat natija beradigan eng kuchli vositalardan biri.
Yetuk menejerlarga natijaga erishish yarashadi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan
Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…
G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas
Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…
G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma
Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…