G‘ayrat, fidbek berganda umumiy gaplardan qoch.
“Yaxshi chiqmapti”, “sustroq”, “e’tibor ber” — bular fidbek emas. Bu gaplar odamga nimani tuzatish kerakligini aytmaydi. Bir necha kun oldin yangi menejer…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori“Yaxshi chiqmapti”, “sustroq”, “e’tibor ber” — bular fidbek emas.
Bu gaplar odamga nimani tuzatish kerakligini aytmaydi.
Bir necha kun oldin yangi menejer hisobot yubordi. O‘qidim — umumiy gaplar ko‘p, aniq ish yo‘q.
O‘ziga “hisoboting yomon” demadim. Balki, ochiq ko‘rsatdim:
— qaysi joyi oldi-qochdi,
— qaysi bo‘limida misol yetishmayapti,
— va keyingi safar hisobotqanday yozilishi kerak
.
Masala shu yerda yopildi. Chunki odam nimani tuzatishini aniq bildi.
Umumiy gaplar ranjitmasligi mumkin, lekin o‘stirmaydi.
Aniq gap og‘riqli bo‘lishi mumkin, lekin foydali.
Mutaxassisning vazifasi —
to‘g‘rini to‘g‘ri, noto‘g‘rini noto‘g‘ri deb,
aniq misol bilan aytish.
Fidbek — yumshatib gapirish emas.
Fidbek — aniqlik.
Aniqlik ishni yaxshilaydi.
Noaniqlik esa faqat odamni adashtiradi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…