Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, sherikchilikni tugatish haqida so‘rabsan

Aytishingcha, sheriging sen kabi o‘rganmayapti, o‘smayapti. Yana seni o‘sishga harakatingni ham juda ma’qullamayotganmish. Sen ketib to‘g‘ri qilgansan. Aravani…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Aytishingcha, sheriging sen kabi o‘rganmayapti, o‘smayapti.

Yana seni o‘sishga harakatingni ham juda ma’qullamayotganmish.

Sen ketib to‘g‘ri qilgansan. Aravani birga tortadigan odam sherik bo‘ladi.

Arava kattalashgani sari tortishga baquvvatroq odamlar kerak.

Shug‘ullanganlargina kattalashadi, tortoladi.

Endi eshit, G‘ayrat ukam.

Faqat pul beradigan kishi investor bo‘ladi, sherik emas.

Investor olmaslikka harakat qil. Majbur bo‘lsang ikkitadan ortmasin.

Olsang endi uni biznes boshqaruviga aralashtirma, orada hisob ber, yetadi.

O‘zing teri (pul +umr+obro‘) tikmagan biznesni qilma.

Tikolmayotgan bo‘lsang biznes qilma, yaxshi kompaniyada ishlayver.

Birovni pulini risk qilib.


Qo‘shimcha

Avvalida sherigingni dushman, deb bilib shartnoma tuz, yoz va tasdiqlat.

Shunda biznesing o‘xshaydimi, yo‘qmi, do‘st bo‘lib hayrlashasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa