G‘ayrat, o‘zing xato qilmasliging yetmaydi — boshqalarni ham asrashing kerak
Filiallarimizdan birida oshxona gazi hujjati bilan muammo chiqib, gazni o‘chirib ketishibdi. Avvalroq mas’ul menejer hujjatlar joyida ekanini kaminaga bildirgan…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriFiliallarimizdan birida oshxona gazi hujjati bilan muammo chiqib, gazni o‘chirib ketishibdi.
Avvalroq mas’ul menejer hujjatlar joyida ekanini kaminaga bildirgan edi. Vaziyatni aniqlashtirishni so‘radim — ijarachi tomondan texnik xato ketgan bo‘lib chiqdi.
Menejerga:
“Xato ijarachida bo‘lsa ham, baribir biz yetarlicha tekshirib olmaganmiz, xato qilishini oldini olishimiz kerak edi”, deb tushuntirdim.Avvaliga buni qabul qilishi og‘ir bo‘ldi. Chunki o‘ziga tegishli ishlarning barchasini qilgan, xato boshqalarda edi.
Bir necha soatdan keyin yozibdi: gap nimadaligini tushundim, menejer faqat o‘z ishini emas, boshqalarni ham xatodan asrashi kerak ekan, deb.
Ko‘pincha har bir katta vazifa kichik bo‘laklarga bo‘linadi va bir necha odamga, xususan senga ham yuklanadi.
Endi faqat o‘z qismingni tugatish bilan cheklanib qolmagin — boshqalarning ham jiddiy xato qilishining oldini olishing kerak.
Mana shuni samarali boshqaruv deydi.
Shu sabab boshqaruv tarifida ham:
Boshqaruv — bu qo‘l ostingdagi va ta’sir doirangdagi insonlar natijasiga ham javob berish, deyiladi.
Jamiyat esa buni sodda qilib:
“Yemagan somsangga ham pul to‘laysan”, deb qo‘ya qoladi.
To‘lashga tayyor bo‘lmas ekansan, boshqaruv seniki emas, xodim bo‘lib yuraverganing o‘zingga yaxshi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…