Asosiy mazmunga o‘tish
Oylik va motivatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, oylik oshirishni so‘rash haqida so‘rabsan.

Tushun, hech kim senga ikki holatdan boshqasida oyligingni oshirmaydi: 1. Sendan kompaniya ko‘proq foyda ko‘rsa; 2. Mahsulot yoki xizmat narxini kompaniya…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Tushun, hech kim senga ikki holatdan boshqasida oyligingni oshirmaydi:

1. Sendan kompaniya ko‘proq foyda ko‘rsa;

2. Mahsulot yoki xizmat narxini kompaniya davriy oshirgan taqdirda.

1-holatga misol, sen kecha kompaniyaga 100 so‘m olib kelarding, oyliging 40 so‘m edi.

Bugundan 150 so‘m olib kelyapsan, 60 so‘mga oyligingni ko‘tarishlari mumkin.

2-holatga misol, inflatsiya hisobiga kompaniya yilda bir marotaba mahsulot narxini oshirdi.

Mos ravishda seni ham oyliging oshadi, faqat inflatsiya darajasidan oshmagan foizda.

Endi o‘ylab ko‘r, senda oylik oshirishni so‘rashga qaysi asoslaring bor?

Oilang kattalashgani, kvartira xarajating ko‘paygani kabi masalalar seni muammoing, kompaniyaning emas.

Sen loyiq bo‘lmasang ham oshirishini so‘rayotgan bo‘lsang biznes egasi himmat, ehson qilsa oshadi.

Sen ehson oladigan emas, ehson beradigan mutaxassis bo‘l.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma

Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…

1 daqiqa
Oylik va motivatsiya

G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch

Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…

1 daqiqa