G‘ayrat, muammo ishda emas
Bir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi.
Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim.
Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar aytdik.
Bir muddat o‘tib, yana shu holat. Keyin boshqa tomondan qarab ko‘rdim.
Bilsam, yarim kechasigacha uxlamas ekan.
Instagram reels.
Youtube.
Serial.
Ba’zan shunchaki ko‘chada yurish.Ertasi kuni esa:
“Stress bo‘lyapti”
“Ish ko‘payib ketdi”
“Energiyam yo‘q”Shunda bir narsani tushundim.
Ba’zan muammo ishda emas.
Insonning hayot tarzida bo‘ladi.
Uyqusi buzilgan odam fokus qilolmaydi.
Miyasi dam olmagan odamga oddiy vazifa ham bosim bo‘lib tuyuladi.
“Kechasini to‘g‘rilamagan odam, kunduzini ham to‘g‘rilolmaydi.”
Shundan keyin ayrim jamoadoshlarimiz telefonida 20:00’dan keyin Youtube, Telegram va boshqa chalg‘ituvchi ilovalarni cheklab qo‘ydik.
Ba’zilari o‘zi so‘radi.
Ba’zilariga o‘zimiz majbur qildik.
Ha, biroz shaxsiy hayotiga aralashiladi.
Lekin ba’zan odamni o‘stirish uchun shu ham kerak bo‘lar ekan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, ba’zilar yakshanbani uxlab o‘tkazadi
Shuning uchun ham ularning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Rivojlanmoqchi inson uchun esa yakshanba — yetib olish kuni. Hafta ichida ulgura olmagan ishlaringni…
G‘ayrat, kutilmalarni boshqarish natijaga jiddiy ta’sir qiladi
Safardamiz. Sal kam 10 soat yo‘l yurib, mehmonxonaga 16:00 ga yetib keldik. 50 kishi. Hammaning kutilmasi — xonalarga kirib, biroz dam olish, undan keyin esa…
G‘ayrat, ta’til berilmaydi — olinadi*.
Yilda kamida ikki marta, 7 kundan bo‘lsa ham dam ol. Ishlar qolib ketishidan qo‘rqma. Yo‘qliging jamoani mustaqil qiladi. Qaysi ishni bekorga yelkangda ko‘tarib…