Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz2 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, qo‘rqsang boshqarolmaysan

Ikki yil avval tajribasizlik sabab avvalroq o‘zimiz ishdan chetlatgan xodimni qayta ishga oldik. Kelishuv bir o‘quv yiliga tuzildi. Oylik va boshqa shartlar yil…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ikki yil avval tajribasizlik sabab avvalroq o‘zimiz ishdan chetlatgan xodimni qayta ishga oldik.

Kelishuv bir o‘quv yiliga tuzildi. Oylik va boshqa shartlar yil davomida o‘zgarmasligi bo‘yicha kelishdik.

Adashmasam, 10-oktabr kuni xodim katta rahbarga oyligini oshirish talabi bilan yozdi. Birga safarda edik.

Maslahatlashdik. Unga HR bog‘lanishi aytildi. HR esa safardan qaytgach gaplashishini bildirdi.

Shunda HR’ga ham, bevosita rahbariga ham bitta narsani tushuntirdim:

Kelishuvni buzish —

boshqaruv qarzi

bo‘ladi.

Bugun bitta istisno qilsang, ertaga u tizimga aylanadi.

“Ketib qolsa nima qilamiz?” deyishdi.

O‘rniga odam topilguncha ishini o‘zim bajarishimni aytdim.

Safardan qaytdik.

Ikki rahbaridan ham bir xil, qat’iy javob eshitdi.

Keyin katta rahbarga yana chiqqan ekan. U kishi ham aralashmasliklarini aytibdilar. Oldindan kelishgandik.

Yakunda, ishda qolishga qaror qildi.

Yilni yakunladi. Keyingi yil esa shartnoma yangilanmadi.

Bu yerda gap pulda emas.

Gap — kelishuvning ishlashida.

“Ehtiyoji bordir, oshirsangiz bo‘lardi-ku” deyishing mumkin.

Lekin 2 oy oldin bir yilga rozi-rizolik bilan kelishilgan edi. Oradan oz vaqt o‘tib, uni buzishga urinish boshlandi.

Rozi bo‘lganimizda, bu holat odatga aylanardi.

Bitta odam uchun qilingan istisno, ertaga 300+ kishilik jamoada qoida bo‘lib tarqaladi .

Yana bir tomoni:
yillik byudjet bor.
Tushum o‘zgarmagan holda xarajatni oshirish — ochiq ziyon.

Eng muhimi esa adolat masalasi.

Tasavvur qiling:
kimdir bosim qilib oyligini oshirdi.
Qolgan 299 nafar xodimchi?

Ularning aybi nima?
Kelishuvga amal qilganimi?

Katta jamoada hissiyot bilan emas, qoida bilan boshqariladi.

Shuning uchun tartib, qoida va kelishuvlarni ishlatishga jiddiy qarash kerak.

Rahm boshqa narsa.
Boshqaruv boshqa.

Aytgancha, o‘sha o‘quv yilida birorta jamoadoshimiz o‘z xohishi bilan ishdan ketmadi.

Faqat biz shartnomani yangilamaganlar ketishlariga to‘g‘ri keldi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa