G‘ayrat, ortiqcha rahmdillik biznesga zarar
Yaqinda tajribali jamoadoshimiz sohaga nisbatan yangi hamkasbi bilan bir masalada kelisholmay qolibdi. Yechim xato ekanini bilgan. Lekin “yangi bola rahbardan…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriYaqinda tajribali jamoadoshimiz sohaga nisbatan yangi hamkasbi bilan bir masalada kelisholmay qolibdi.
Yechim xato ekanini bilgan. Lekin “yangi bola rahbardan gap eshitmasin” deb, bahsni davom ettirmagan.
Shunchaki:
“Mayli”, deb qo‘ya qolgan.
Oradan 3 kun o‘tib, 1x1 suhbatda menga xavotirini aytyapti:
“O‘sha yechim xato edi. Lekin allaqachon ijroga kirib ketdi.”
Javobim qisqa bo‘ldi:
“Xato senda.”
Nega?
Birinchidan,
odamni ayab yuziga “mayli” dedingmi, orqasidan menga kelib shikoyat qilma. Chunki tashqaridan bu rozilik bo‘lib ko‘rinadi.
Ikkinchidan,
sen hamkasbingning ko‘nglini o‘ylabsan, lekin biznesga yetadigan zararni o‘ylamabsan.
Ishda rahmdillik kerak.
Lekin xato yechimga “mayli” deyish — rahmdillik emas.
Bu mas’uliyatdan qochish.
Odamni bir marta ayayman deb, muammoni butun jamoaga yuklab qo‘yish mumkin.
Kelisha olmayapsanmi?
Rahbarni muhokamaga qo‘shgin.
Ichingda rozi bo‘lmay turib, tashqarida “mayli” dema.
Tamom.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan
Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…
G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas
Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…
G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma
Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…