Asosiy mazmunga o‘tish
Biznes va mijoz1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, soxta lavozimlarga qiziqma

Bir ukamiz maslahatga keldi. Startup boshlashibdi. — Jamoada kimlar bor? — deb so‘radim. — Men CEO‘man, sherigim COO, yana bir xodimimiz loyiha menejeri. —…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir ukamiz maslahatga keldi. Startup boshlashibdi.

— Jamoada kimlar bor? — deb so‘radim.

— Men CEO‘man, sherigim COO, yana bir xodimimiz loyiha menejeri.

— Boshqa-chi?

— Shu uchchalamiz, xolos.

Dakki berdim:

— Hali biznesning o‘zi yo‘q. Mahsulot yo‘q, mijoz yo‘q, pul yo‘q.
— Undan ko‘ra “Bollar bilan yangi ish boshladik”, deb qo‘yavering, uka.

Odamni lavozimi emas, natijasi muhim ko‘rsatadi.

Startupning boshida sen CEO ham, sotuvchi ham, operator ham, kerak bo‘lsa kuryer ham bo‘lasan.

Bundan uyalma.

Uyat — qiladigan ish yo‘q bo‘lsa ham, chiroyli nom ortidan quvishing.

CEO degani vizitkaga yoziladigan uchta harf emas. Bu kompaniyaning puli, jamoasi va natijasi uchun javobgarlik degani.

Avval jamoa qur.

Mijoz top.

Muammo yech.

Pul ishlab top.

Haqiqiy lavozim keyin keladi.

Ko‘pchilik muhim bo‘lishni emas, muhim ko‘rinishni xohlaydi.

Sen esa o‘zingni muhim ko‘rsatishga urinma.

Muhim ish qil. Muhim bo‘lasan.

Odamlar seni unvoning uchun emas, hal qilgan muammolaring va chiqargan natijang uchun hurmat qiladi.

Lavozimni yozib qo‘yish oson. Unga loyiq bo‘lish esa qiyin.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Biznes va mijoz

G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan

Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…

2 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas

Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…

3 daqiqa
Biznes va mijoz

G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma

Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…

3 daqiqa