G‘ayrat, katta gapirma
Bir ota maktab bilan tanishishga kelib: — Maktab ochishdan maqsadinglar nima? — deb so‘radi. Biznes. Pul topish. Tirikchilik, — dedim. — Iya, ta’limdan maqsad…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBir ota maktab bilan tanishishga kelib:
— Maktab ochishdan maqsadinglar nima? — deb so‘radi.
Biznes. Pul topish. Tirikchilik, — dedim.
— Iya, ta’limdan maqsad ham pul bo‘ladimi?
— Boshqa katta maqsadlarimizni aytsam, hozir sizga quruq gap bo‘lib eshitiladi. Hali bizni tanimaysiz. Shuning uchun aniq narsani aytganim ikkimizga ham yaxshi, — dedim.
Katta niyating bo‘lsin.
Millatga foydang tegishini xohlarsan.
Bir sohani o‘zgartirmoqchidirsan,
Odamlar uchun katta ish qilish niyating bordir.
Lekin bularni hammaga aytib yurma.
O‘ta yaqinlaring bilsa, yetadi.
Katta da’voni erta aytishning o‘zingga ham zarari bor.
Hali ish qilmay turib, gapirib rohatini olib qo‘yasan.
Odamlarda katta kutish uyg‘otasan.
Keyin ish qilishdan ko‘ra, o‘zing haqingda yaratgan obrazga mos ko‘rinish bilan ovora bo‘lib qolasan.
Endi ish boshlagan yosh tadbirkorlarda shu narsa ko‘payib qolyapti:
Amal kichkina, da’vo katta.
Har ikki gapda “Inshaalloh”, “millat”, “ummat”, “kelajakni o‘zgartiramiz”.
Bu so‘zlarda muammo yo‘q.
Muammo — ular bilan o‘zingni amalingdan kattaroq ko‘rsatishda.
Katta niyat qil.
Kam gapir.
Ko‘p ish qil.
Da’vong amalingdan oldinga o‘tmasin.
Ba’zi katta maqsadlaringni esa amalga oshirmaguningcha o‘zingda saqlaganing yaxshi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan
Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…
G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas
Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…
G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma
Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…