Asosiy mazmunga o‘tish
Fidbek berish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodimlaringni shartsiz hurmat qilishing kerak.

Senga yoqadigan jihatlari bo‘lganidek, yoqmaydigan sifatlari ham bo‘ladi. Xuddi guldastani tikoni bilan olganingdek, ularni butunicha qabul qilishing,…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Senga yoqadigan jihatlari bo‘lganidek, yoqmaydigan sifatlari ham bo‘ladi.

Xuddi guldastani tikoni bilan olganingdek, ularni butunicha qabul qilishing, qadrlashing lozim.

Natijasi zo‘r bo‘lganda yoqtirib, o‘xshamaganda yoqtirmas ekansan, shaxsiy munosabat qurolmaysan.

Shaxsiy munosabatlar yo‘q ekan, qiyin vaziyatlarda jamoadan sadoqat, ochiqlik kutish mantiqsiz.

Bunda seni natija uchun munosabatlardan — jamoadan voz kechishga tayyor rahbar deb bilishadi.

Bunday rahbar ostida kuchli va ambitsiyasi katta insonlar uzoq qolmaydi.

Kuchli jamoasiz katta ishlar qilish mutlaqo imkonsiz; bir darajaga chiqib muzlaysan. Futbolni esla.

Men havas qiladigan har bir rahbar — natijani emas, shaxsni hurmat qilardi.

Biz ham jamoada shu qoidaga amal qilishga qattiq harakat qilamiz.

Biror menejerimizni ishdagi kamchilik uchun ertalab tanqid qilishim tabiiy hol, lekin kechki taomni u bilan birga qilayotgan bo‘laman.

Shogirdlarga hushyorlik va mas’uliyatni o‘rgatishda qattiq turishim, so‘kish holatlarim bo‘ladi, ortidan ko‘p o‘tmay bag‘rimga bosib qo‘yaman.

Unutma, sog‘lom shaxsiy munosabatlarni qurmasdan kasbiy munosabatlarni qurib bo‘lmaydi.

Shaxsiy munosabatlar qalin bo‘lsa, o‘zaro ochiq bo‘lish, fidbek almashish juda oson bo‘ladi.

Samara shunda.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Fidbek berish

G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor

Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…

1 daqiqa