G‘ayrat, xodimga ishni topshirish – boshqaruvdagi eng qiyin ishlardan
O‘zing qilganingda, ko‘ngling to‘ladi, ammo birovga ishonsang, o‘sha xotirjamlik yo‘q. Baribir topshirishga o‘rgan. Agar xodiming 60-70% sifatda bajara olsa,…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriO‘zing qilganingda, ko‘ngling to‘ladi, ammo birovga ishonsang, o‘sha xotirjamlik yo‘q.
Baribir topshirishga o‘rgan. Agar xodiming 60-70% sifatda bajara olsa, topshiraver. Qolgan 30-40% ni esa o‘zing birga ishlash orqali o‘rgatasan, vaqt o‘tib 100% ga ham chiqadi.
Misol: Hisobdoring Aprel oyi savdo hisobotini tayyorlab keldi, lekin dizayni yoqmadi. Qabul qil, bir oz vaqt ajratib, kerakli o‘zgartirishlarni ko‘rsat. Shunaqa qilib o‘sib boradi.
Eng yaxshi bilgan ishingni birinchi topshir, chunki yaxshi bilganingni nazorat qilishing va o‘rgatishing osonroq.
Katta ta’sirga ega yoki sevib bajaradigan ishlaringni o‘zing qilishing mumkin, lekin bu qaror ongli bo‘lsin.
Misol: Yangi filial ochishda ijaraga joy olamiz, shu muzokara to‘g‘ri bo‘lmasa yiliga $100,000 zarar olib kelishi mumkin. Shu bois, bizda bu ishni jamoadagi eng katta tajribali muzokarachi Azizbek akam qiladilar.
Bugunga shu mavzuda ilhom keldi.
Qo‘shimcha
G‘ayrat, bu postni yaxshiroq tushunishing uchun
Ingliz tilida “direct report” yoki “subordinate” degan so‘zlar bor.
O‘zbek tilida tarjimasi “Qo‘l ostidagi xodim” degan ma’no beradi.
Odatda, xodim so‘zini ishlatishni yoqtirmayman, o‘rniga “Hisobdor” so‘zini ishlatyapman.
Endi dizaynga kelsak, hisobotlar dizayni deganda ularni ketma-ketligi, qanday diagrammada, belgilarda ko‘rsatilishi nazarda tutiladi.
Masalan, xarajatlarni kategoriya bo‘yicha summada ko‘rsatish yoki foizda ko‘rsatish mumkin.
Hisobot ishlatilish maqsadiga qarab, tayyorlovchi ikkisidan birini yoki ikkisini tanlaydi.
Boshqacha misolda aytsak, ayni bir hisobotni jadval yoki turli diagrammalar shaklida ko‘rsatish mumkin.
Menejer qaysi o‘rinda, qanday turdagi diagrammalardan, yoki belgilardan foydalanish qaror berishni osonroq qilishini o‘rgatib boradi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…