G‘ayrat, xodim qadriyatini aniqlash haqida so‘rabsan
Kel, avval xodimni nimasiga qarab ishga olish kerakligi haqida aytay Suhbatlarda nomzodning "teachable" va "huggable" ekanligiga qarayman. Buni Milliarder…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriKel, avval xodimni nimasiga qarab ishga olish kerakligi haqida aytay
Suhbatlarda nomzodning "teachable" va "huggable" ekanligiga qarayman. Buni Milliarder Warrent Buffettdan o‘rganganmiz.
Teachable — o‘rgatsa qabul qiladimi?
Odatda, buni aniqlash uchun suhbatning o‘zida nomzodni qaysidir ishini, masalan rezyumesini yoki yondashuvini tanqid qilib ko‘raman.
Agar, tushunishga harakat qilish o‘rniga tezda o‘zini himoya qilishga o‘tib ketsa, ishda o‘rgatish qiyin bo‘ladi.
Huggable — quchoqlagim keladimi?
Hirs ma’nosida emas, insonni yoqtirish ma’nosida. Bizga o‘zimizga o‘xshash insonlar yoqadi.
Qadriyatini aniqlashda gapirayotgan gapidan tashqari, qilgan ishlari va yashash tarziga e’tibor qilaman.
Masalan, kunini qanday o‘tkazishi, bugun kitob o‘qigan yoki yo‘qligi, eski ishxonasi yoki hamkasbi haqidagi fikrlari singari.
O‘zi eng yaxshi ishga oluvchilar ham har 10 ta ishga olishdan 3 tasida xato qilishadi, podkastdan eshitgandim, havolasini eslolmadim.
Shu sabab eng yaxshi baho 1-2 oy ishlab ko‘rganda beriladi. Bu borada bir qiziq voqea bor, rahbar bo‘shatayotgan xodimiga:
"Men rezyumedagi sizni ishga olgandim, afsus amalda sizni ishga olgan bo‘lib chiqdim, rezyumedagi kishini emas" degan ekan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…