Asosiy mazmunga o‘tish
Ishga olish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, ishdan haydash haqida so‘rabsan

Qoida aytaman, yodlab ol: ishga sekin ol, tez bo‘shatgin. Sekin olish — suhbatni o‘zida qaror bermaslikni talab qiladi. Oddiyroq lavozim bo‘lsa, boshqa…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Qoida aytaman, yodlab ol: ishga sekin ol, tez bo‘shatgin.

Sekin olish — suhbatni o‘zida qaror bermaslikni talab qiladi.

Oddiyroq lavozim bo‘lsa, boshqa nomzodlar bilan suhbatdan keyin qaror berasan.

Muhimroq vazifalarga nomzodlarni eski rahbaridan, sheriklaridan surishtirasan.

Bunga eng kami 1 hafta vaqt ketadi. Shoshiltirishsa qo‘rqib, 1-2 kunda qaror qilma.

Noto‘g‘ri odamni ishga olgandan vazifani boshqa xodimingga yuklab turganing yoki lavozim bo‘sh turgani yaxshi.

Tez bo‘shatish — badalini to‘lashga, kerak bo‘lsa o‘rniga o‘zing ishlashga tayyor bo‘lishni talab qiladi.

O‘rgatsang o‘rganmasligi yoki xarakteri senga tushmasligi aniq bo‘ldimi? Hayrlashaver.

Sharti, o‘rniga boshqa odam topolishingga amin bo‘lib ol. Topolmasang o‘zing ishlashga.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishga olish

G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa

Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…

2 daqiqa