Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, odam ko‘p majlisda qaror chiqarish juda qiyin bo‘ladi.

Mavzuga eng ko‘p aloqador, ko‘pi bilan 6-7 nafar mutaxassisni chaqirsang bo‘ldi. Sotuv strategiyasi masalasida qaror kerakmi? Savdo, marketing, moliya…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Mavzuga eng ko‘p aloqador, ko‘pi bilan 6-7 nafar mutaxassisni chaqirsang bo‘ldi.

Sotuv strategiyasi masalasida qaror kerakmi?

Savdo, marketing, moliya menejerlari va operatsion direktor qatnashishi yetadi.

Majlisga HR yoki ta’minot menejerini qo‘shib ularni vaqtini ham olma.

Ortiqcha odam ortiqcha fikrlar degani, bu mavzuga chuqurroq kirishga xalal beradi.

Natijada qaror yuzaki tomondan ko‘proq narsani qamraydi, lekin masala detaliga yetarlicha e’tibor berilmay qoladi.

2023-yilda 25-30 nafar ustozlar bilan birga "ustozlarga aloqador intizomiy choralar" tartibini ishlab chiqqandik.

Amalda, tartib detallari yaxshi o‘ylanmagan, xatoliklari ko‘p bo‘lib chiqdi.

O‘rniga, tor doirada, aloqador mutaxassislar va ustozlardan bir necha vakillar ishtirokida tartib ishlab chiqilganda ancha optimalroq bo‘lardi.

Keyingi aksar qarorlarimiz shunday bo‘lgan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa