G‘ayrat, vazifani to‘g‘ri nomlash muhim
O‘zing tushunishing yetmaydi, boshqalar bir o‘qishda tushunishi kerak. Masalan, vazifani "kechki ovqat tayyorlash" deb nomlagandan ko‘ra "Kechki ovqatga osh…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriO‘zing tushunishing yetmaydi, boshqalar bir o‘qishda tushunishi kerak.
Masalan, vazifani "kechki ovqat tayyorlash" deb nomlagandan ko‘ra "Kechki ovqatga osh tayyorlash" deyishing aniqroq bo‘ladi.
Seni aqlingdagi oshni boshqalar taxmin qilolmaydi. Taxmin ko‘p joyda savol ko‘p bo‘ladi.
Qancha aniq yozar ekansan, shuncha kam savol berishadi. Qancha kam savol berishsa, shuncha vaqt tejaladi.
Oshga 6 kishi kelishi, qo‘y yog‘i va qo‘y go‘shtidan tayyorlanishi kabi ma’lumotlar vazifa detaliga yozaverasan, albatta.
Xullas, begona odam nomni o‘zini o‘qib vazifani 80% tushunolishi kerak.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…