G‘ayrat, ish ko‘p, lekin vaqting yetmayapti.
Menejer ekansan, oldingga hamma muammo ko‘tarib keladi va yechim kutadi. "Hafa qilmayman, hammasini tugataman" deb va’da berish oxir-oqibat o‘zingdan…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriMenejer ekansan, oldingga hamma muammo ko‘tarib keladi va yechim kutadi.
"Hafa qilmayman, hammasini tugataman" deb va’da berish oxir-oqibat o‘zingdan qoniqmaslikka olib boradi.
Tan ol: hamma ishga ulgurmaysan. Buni boshqalarga aytishdan uyalma — muddatini aniq bilmasligingni ochiq ayt.
Endi nima juda muhim, nimani kechiktirsa bo‘lishini o‘zing farqlashing kerak — ilgari buni menejering ajratib berardi.
Vazifalaringni ro‘yxat qilishga odatlan. Ulardan eng muhim deb bilgan 5 tasini ajratib ol, doim.
Ammo bugun faqat bittasini bajara olsang, qaysini tanlarding? Shu vazifa bilan shug‘ullan.
Unutma: bir vaqtda 5 tadan ortiq vazifaga muddat belgilama, va’da berma — baribir ulgurmaysan.
Yangi vazifa yoki muammo paydo bo‘lsa "Omboringa" yozib qo‘y, har bir vazifani tugatgach, navbatdagisini olaverasan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, xalal berma
Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…
G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver
Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…
G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt
Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…