G‘ayrat, intervyuda kimligingni unutma
Nomzodlar mehmon, sen mezbonsan. Mehmon ko‘rsatilgan joyga o‘tiradi, berilgan taomni yeydi. Intervyuda taom — sen beradigan savollar. Savol ko‘p bo‘lsa javob…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriNomzodlar mehmon, sen mezbonsan. Mehmon ko‘rsatilgan joyga o‘tiradi, berilgan taomni yeydi.
Intervyuda taom — sen beradigan savollar. Savol ko‘p bo‘lsa javob ko‘p bo‘ladi.
Javob ko‘p bo‘lsa yaxshiroq nomzodni osonroq ajratasan. Demak, ko‘proq gapirtirish birinchi ishing.
Ikkinchi ishing nomzodni sen istagan mavzuda gapirtirish. Chalg‘iyaptimi, to‘xtat va mavzuga qaytar.
O‘tgan yili IT loyiha boshqaruvi bo‘yicha bir nomzod suhbatimga keldi, savol bersam o‘zimga savol beradi.
Biroz eshitib “Intervyuga siz kelgansiz, men emas. Buyog‘iga savollarni men beraman, siz javob berasiz, kelishdikmi?” dedim.
Biroz dovdirab bosh chayqadi. Keyin bir nechta savollardan keyin sohada tajribasi ham, bilimi ham kam ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi.
Suhbatni cho‘zmadim, rad javobini sababi bilan ochiq aytib, eshikni ko‘rsatib yubordim.
O‘zi bilim va tajribasi kamroq kishilar o‘zini aqlliroq ko‘rsatish uchun ko‘proq savol berish odati bor.
Mutaxassis ortiqcha gapirmaydi. Avval savollaringizga javob beradi. Suhbatni oxirida bitta yoki ikkita savolini beradi, tamom.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…