Do‘stim, menejerning oyligi kamroq, lekin KPI katta bo‘lsin
Masalan: Sotuv menejering bozorda mustaqil ishlab $2,500 topa olsa, sen unga $1,200 oylik belgila. Ishlaydimi? Ha, agar KPI orqali ko‘proq topish imkoni bo‘lsa.…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriMasalan:
Sotuv menejering bozorda mustaqil ishlab $2,500 topa olsa, sen unga $1,200 oylik belgila. Ishlaydimi? Ha, agar KPI orqali ko‘proq topish imkoni bo‘lsa. Savdo rejasini 3 qismga bo‘lasan:
1. 100 ta sotuv — $1,800 bonus (umumiy: $3,000).
2. 75 ta sotuv — $1,200 bonus (umumiy: $2,400).
3. 50 ta sotuv — $500 bonus (umumiy: $1,700).
Muhim nuqta: menejer 100 ta sotuv qilish imkoniyatini faqat 50/50 baholay olishi kerak. Bu, yuqori intilishni rag‘batlantiradi.
- Natijasi o‘rtacha bo‘lsa, bozor darajasida oladi.
- Natijasi yomon bo‘lsa, bozordan kam oladi.
- Natijasi a’lo bo‘lsa, bozordan ko‘proq topadi.
Shaxsiy tajriba, biz bu yil maktab menejerlarimizdan biriga ham shunday KPI qo‘llagandik, yuqori natija ko‘rsatdi,
Biz ham yutdik, u ham yutdi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma
Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.…
G‘ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch
Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og‘riydi, bo‘sh qo‘ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko‘pincha bemor: “Bo‘ldimi? Og‘rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu…
G‘ayrat, xodimingni o‘ziga qiyin paytda yaxshiroq taniysan
Ishlar joyida, yuklamasi oz, shikoyat yo‘q — hamma yaxshi ko‘rinadi. Intizom ham, sadoqat ham, motivatsiya ham bor. Oylik kechiksa, bonus oz chiqsa, ishidan…