Asosiy mazmunga o‘tish
Ishga olish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, tanish insonlar kompaniyasida ishlaydigan xodimlarni ishga olishda e’tiborli bo‘l

Xodimni o‘zi ariza topshirgan bo‘lsa ham, rahbari xabardorligini nomzodni o‘zidan so‘ragin. Xabari bo‘lmasa, eski rahbarlari bilan tanishligingni, ulardan u…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Xodimni o‘zi ariza topshirgan bo‘lsa ham, rahbari xabardorligini nomzodni o‘zidan so‘ragin.

Xabari bo‘lmasa, eski rahbarlari bilan tanishligingni, ulardan u haqida ma’lumot so‘rashingni ayt.

Keyin yana suhbatni davom ettirsang bo‘ladi, sharti suhbat oxirida ish taklif qilib qo‘yma.

Unga tayinla, avval eski rahbariga ketish qarorini bildirsin, muhokama qilsin, ehtimol muammosini hal qilib olib qolishar.

Shunday keyin ham eski ishxonasi olib qolmasa, endi ularga bog‘langin. Ma’lumot to‘pla.

Balki, xodim intervyuda o‘zini tutgani kabi juda zo‘r emasdir, eski ishxonasi uni yo‘qotishdan qo‘rqmayapti. Senga o‘rtacha kadr kerakmi?

Balki, uni olib qolishga harakat qilishgan, faqat imkoniyatlari yetmagan bo‘lishi mumkin. Bu yaxshi signal.

Bizda ikki oycha avval ayni holat bo‘ldi. Qadrdon tanishlarimizdan birlarining kompaniyasidan bir boshqaruvchilari bizga ishga topshirgan ekan.

Ishga taklif qilishdan avval rahbarlariga bog‘lanib, holatni o‘rgandim. Vaziyatdan xabarlari bor ekan. Olib qolishni istashgan, lekin moliyaviy sabab tufayli olib qolisholmabdi.

Biz ishga qabul qilsak bo‘ladimi, shunda deb so‘rab oldim. "Muammo yo‘q, Abdulloh" deyishdi. Keyin, ishga qabul qildik.

Munosabatlarni saqlash muhim. Bir kadrni ishga olishdagi xato sabab do‘stlaringizdan birini xafa qilish yaramaydi. Xato takrorlansa, do‘stlar soni kamayadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishga olish

G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa

Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…

2 daqiqa