Asosiy mazmunga o‘tish
Xodimni rivojlantirish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, jazolashdan avval o‘rgat

Bir necha oy oldin yaqin tadbirkor akamizga operatsion jarayonlardan chiqish uchun menejerlarga mustaqillik berishni tavsiya qilgandim. Ular bu tavsiyani qabul…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir necha oy oldin yaqin tadbirkor akamizga operatsion jarayonlardan chiqish uchun menejerlarga mustaqillik berishni tavsiya qilgandim. Ular bu tavsiyani qabul qilib, xodimlarga erkinlik bera boshladilar.

Bir hafta o‘tmay, xodimlardan biri bir muammoni hal qilish uchun usta chaqiribdi. Usta bilan o‘zi kelishib, bozorga nisbatan ikki barobar qimmat narxda ishni bajartirgan ekan.

Bu holatdan xabar topgan akamiz xodimni so‘kibdilar. Ertasi kunidan esa o‘sha xodim eng oddiy ishlar uchun ham akamizdan tasdiq so‘ray boshlagan. Shundan so‘ng akamiz “Mustaqillik berish ish bermadi,” degan xulosaga kelganlar.

Shunda men u kishidan so‘radim:

“Xodimingizning o‘rnida o‘zingiz bo‘lsangiz, aldanmaslik uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?”

Ular javob berdilar:

“Men OLX’dan 3-4 ta boshqa ustaning narxini solishtirardim, kerak bo‘lsa telefon qilib ma’lumot olardim, juda bo‘lmasa rahbarimdan (o‘zlaridan) maslahat so‘rardim.”

Shunda men:

“Bu usulni o‘sha xodimga o‘rgatganmisiz?” deb so‘radim.

“Yo‘q,” deb javob berdilar.

Keyin men:

“Siz avval o‘rgating, keyin ham bajarmasa jazolang. Agar xodimga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmasdan jazolasangiz, bu sizning xatoyingiz.

Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun, masalan, ‘500 mingdan ortiq xarajatlarni tasdiqlatib ol. Asta-sekin tajriba orttirganingdan so‘ng summani oshirib boramiz,’ deb aytishingiz kerak.” edi dedim.

Xulosa:

Endi eshit, G‘ayrat!

O‘rgatmaganing bir muammo, tizimingda katta xatolarni oldini olish uchun mexanizm yo‘qligi yana bir muammo. Ikkisini ham xodimingga aloqasi yo‘q.

Tabiiy, avvaldan o‘rgatgan ishlaringda yoki tizimda bor narsaga (u biladigan) amal qilmay xato qilyaptimi, jazolaysan, albatta.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, o‘zingni qiynama

Shogird ukalarimizdan biriga kattaroq mas’uliyatli, boshqa menejerlar bilan ko‘proq ishlashni talab qiladigan vazifa bergan edik. Ishga katta ishtiyoq bilan…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas

Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida…

2 daqiqa
Xodimni rivojlantirish

G‘ayrat, yomon ma’lumot tez tarqalsa — yaxshi

Ba’zida jamoadoshlardan ba’zilari muammoni rahbariga emas, umumiy guruhga yozadi. Aksar rahbarlar shu joyda “O‘zimga yozsangiz bo‘lardi-ku…” deb xodimni…

1 daqiqa