Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

Do‘stim, qarorlarni kechiktirishda foyda bor

Menejerlarimizdan biri oldimga kelib: "Bir yaxshi nomzod chiqib qoldi, faqat ertaga javob bermasak boshqa ishga ketib qolishi mumkin" deb qoldi. Unga: "Tartib…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Menejerlarimizdan biri oldimga kelib: "Bir yaxshi nomzod chiqib qoldi, faqat ertaga javob bermasak boshqa ishga ketib qolishi mumkin" deb qoldi.

Unga: "Tartib bo‘yicha necha kunda qaror berishimiz kerak bo‘lsa, shuncha vaqtda qaror beramiz, ketsa ketaversin" dedim.

Yakunda, u nomzodni ishga olmadik, o‘rniga boshqa bir yoshroq mutaxassisni odatiy tartibimizda qabul qildik, hozir ishlayapti.

Tabiiy, eng mukammal intervyu, qattiq surishtirish tizimi qursang ham xodimni aslini ishlaganda bilasan, yuqoridagi tadbirlar omadni oshirish, xolos.

Faqat, shoshganda qilingan qarorlar ko‘pincha emotsional va xatoga moyilligi ko‘p bo‘ladi. Sababi, suhbat ta’siridan hali to‘liq chiqmagan bo‘lasan.

Shu sabab, rahbarlarga "xursand bo‘lganda va’da berma", deb o‘rgatiladi. Mantiq yetarlicha ishlamaydi bunda.

Odatda, o‘zi juda kam qarorlar zudlik bilan qilinishi kerak, aksarini esa vaqti bo‘ladi, lekin shoshilasan yoki shoshiltirilasan. Ikkisi ham ziyon.

Biz jamoamizda aksar qarorlarni muhokama qilib, kelishganimizdan 1-2 kun keyin e’lon qilamiz, foydasi ko‘p.

Eng kamida ommaviy e’londan avval bilishi kerak barcha bilib oladi, eng ko‘pida xato qismi bo‘lsa, to‘g‘irlanadi yoki bekor bo‘ladi.

Masalan, biz qishki ta’til muddatini 2 kun avval aniqlab, qaror bergandik, ammo e’lonni o‘zgarish bo‘lmasa, bugun chiqarishga kelishdik. Qaror yaxshilanib, bugun e’lon bo‘ldi.

Xullas, tuxumni bostirganing bilan erta chaqsang — quymoq bo‘ladi, vaqtida chaqilsa — jo‘ja, kechiksa esa — axlatga ketadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa