Muhammadjon, ba’zida yechim emas, aniqlik kerak
4-5 oy avval filial direktorlarimizdan biri xonasiga qo‘yilgan kamerani olib tashlashni so‘radi. 24 / 7 kimdir uni kuzatishi noqulaylik tug‘diryapti ekan.…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori4-5 oy avval filial direktorlarimizdan biri xonasiga qo‘yilgan kamerani olib tashlashni so‘radi. 24 / 7 kimdir uni kuzatishi noqulaylik tug‘diryapti ekan.
Eshitib bo‘lgach: "Direktor xonasi kamerasini ko‘rish imkoniyati faqat CE0 va menda bor, boshqalar ko‘rolmaydi, va kamerani biz sizga nisbatan tuhmat, e’tiroz bo‘lgandagina eshitamiz," deb tartibni tushuntirdim.
Yana biroz muhokamadan keyin "Sababni tushundim, lekin asli istamas edim, rahbarimsiz, mayli" dedilar. Ya’ni, avvalida talab bo‘lgan narsa biroz tushuntirishdan keyin, yengil e’tirozga aylandi.
Yana bir misol, ba’zi ota-onalarimiz maktab transport xizmatini o‘zimiz tashkil qilishimizni va nazoratga olishimizni so‘rashgan holatlar bo‘lgan.
Ularga hozir ta’limdan boshqa narsaga chalg‘ishimiz, resurs sarflashimiz asosiy ishimiz - bolalarni o‘qitishga halal berishini ochiq tushuntirganimizdan keyin xotirjam bo‘lishgan.
Shunaqa gaplar, ba’zida yangi yechimlar kerak emas, shunchaki odamlarga aniqlik kerak. Noma’lumlikda ishlash hech kimga yoqmaydi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…