Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

Qaror chiqarish usullari

Qaror qabul qilish – eng muhim vazifangiz. Bu jarayonda demokratik, meritokratik va avtokratik usullar keng tarqalgan. Demokratik usul: - Har bir kishi…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Qaror qabul qilish – eng muhim vazifangiz.

Bu jarayonda demokratik, meritokratik va avtokratik usullar keng tarqalgan.

Demokratik usul:

- Har bir kishi eshitiladi, ko‘pchilik tanlovi qaror bo‘ladi;

- Murakkab bilim talab qilmaydigan mavzularda qo‘llaniladi;

- Masalan, 1-oktyabr ustozlar bayramini qanday tashkil qilamiz?

Meritokratik usul:

- Eng chuqur bilimga ega mutaxassislar fikri muhim bo‘ladi;

- Xos bilim talab qiladigan masalalarda ishlatiladi;

- Masalan, shaxmat to‘garagini qaysi vaqtda o‘rgatish ma’qul?

- Bu yerda pedagogning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Avtokratik usul:

- Eng vakolatli shaxsning qarori hal qiluvchi bo‘ladi;

- Kompaniya qadriyatlari va tamoyillari bo‘yicha qaror qabul qilishda qo‘llaniladi;

- Masalan, yolg‘on gapirgan xodimni ishdan bo‘shatish kerakmi?

- Bu yerda ta’sischilar qadriyatlari hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi.

Xulosa, avval masalani qaysi usulda yechishni aniqlash kerak.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa