Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

Do‘stim, aksar xodimlar yaxshi, faqat ba’zilari juda sodda bo‘ladi

Ba’zida kompaniyaga yarashmaydigan ishlar bo‘lib turadi, seni esa xabaring yo‘q. Lekin, ba’zilar xuddiki sen bunga rozisan va aralashmayapsan, deb ishonishadi.…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ba’zida kompaniyaga yarashmaydigan ishlar bo‘lib turadi, seni esa xabaring yo‘q. Lekin, ba’zilar xuddiki sen bunga rozisan va aralashmayapsan, deb ishonishadi.

Masalan, avvalgi o‘quv yilida xodimalarimizdan biri Azizbek akam oldlariga kirib "Xonangizda issiqqina o‘tiribsiz, bu yog‘da biz qiynalib, muzlab ishlayapmiz, sizga farqi yo‘qda!" degan ma’noda keskin e’tiroz bildirgan edi.

Qizig‘i, xodimamiz aytayotgan xona muzlab ketgani, isitish tizimi o‘sha kunlari to‘g‘rilanayotgani haqida Azizbek akamning mutlaq xabarlari yo‘q edi. Chunki, bu kabi vazifalarga meni jamoam javobgar, u kishi esa ta’limga mas’ul edilar. O‘shanda menga juda hijolat bo‘lganlarini aytgandilar.

Aslida, bu xodima yomonligidan emas, shunchaki rahbar har bir narsadan xabardor bo‘ladi, degan xato fikrlari borligidan edi. Tabiiy, bizni jamoa ham o‘z vaqtida qilayotgan ishlarini jamoaga e’lon qilmagani ham bir sabab bo‘lgan, albatta.

Endi, senda ham shunday vaziyat bo‘lsa, bu kabi sodda xodimlaringdan xafa bo‘lma, jimgina eshit, xabaring yo‘qligini qisqa bildirib, suhbat mavzusini muammoni yechishga tezroq buravergin.

Yo‘q, hisslaringni boshqarolmay, sen ham ularga qo‘pollik qilsang, bilimsizlikda ayblasang, senga boshqa yomon xabarlar olib kirmay qo‘yishadi.

Yomon xabarlar aytilmaydigan, tez tarqalmaydigan korxonani esa umri juda qisqa bo‘ladi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa