G‘ayrat, do‘stlik, qarindoshlik o‘z yo‘liga, bu ishxona
Yaqinlarni ishga olishdan avval ular bilan ochiq kelishib olishing keyingi ishingni osonlashtiradi. 6-7 oy avval maktabimizning Farg‘ona filialiga katta akamni…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriYaqinlarni ishga olishdan avval ular bilan ochiq kelishib olishing keyingi ishingni osonlashtiradi.
6-7 oy avval maktabimizning Farg‘ona filialiga katta akamni moliya bo‘limiga ishga oldik.
Intervyuni Toshkentdagi HR va moliya menejerlarimiz o‘tkazishadigan edi. Ularga nomzod akam bo‘lgani sababli 2x qiyinroq suhbat qilishlarini tayinladim.
Natijalari ijobiy chiqdi, endi man operatsion direktor sifatida gaplashib, yakuniy tasdiqlashim kerak. Akam bilan ochiq gaplashdim:
"Aka, uyda akamsiz, lekin bu yerda rahbaringizman. Uydagi kabi muomala, e’tibor qilolmayman. Ba’zan tergashim, qattiqroq gapirishim va talab qilishim mumkin, xafa bo‘lmaysiz." deb tushuntirdim.
Ishda begona odamning xatosi yengil qabul qilinadi, yaqinlarniki esa og‘ir bilinadi, ikkisi bir xil xato bo‘lsa ham. Buni ham akamga tayinladim, "Sizni xatoyinggiz mani obro‘sizlantiradi, e’tiborliroq bo‘ling" deb.
Hozir yaxshi ishlayaptilar ekan, menejerlari mamnun. - “Dual reporting” asosida ba’zida man ham vazifa beraman, hisob so‘rayman, hammasi joyida. Ish aka-ukachiligimizga salbiy ta’sir qilmadi.
Yana bir gap, majburiyatlarini yaxshi bajarolmasalar, menejerlari u kishini ishdan olishi mumkinligini, man esa aralashmasligimni juda yaxshi biladilar. Bu holat boshqa bir yaqinimiz bilan bo‘ldi, ko‘rdilar ham.
Shunaqa gaplar, avvaldan qancha ochiq o‘yin qilar ekansiz, shuncha ishda ham, ishdan xayrlashishda ham qiynalmaysiz, boshqa munosabatlaringizni uzib qo‘ymaysiz.
Yaqinlarni oxirida xafa qilgandan, yoki chidab ishlagandan, boshidan qattiq turgan yaxshi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…