G‘ayrat, qaror muhokama qilinmaydi
Zamovaniy boshqaruv asoschisi Andy Grove’ga ko‘ra, qaror qabul qilishning 3 asosiy bosqichi: 1. Ochiq muhokama 2. Aniq qaror 3. To‘liq qo‘llov Agar qaror…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriZamovaniy boshqaruv asoschisi Andy Grove’ga ko‘ra, qaror qabul qilishning 3 asosiy bosqichi:
1. Ochiq muhokama
2. Aniq qaror
3. To‘liq qo‘llov
Agar qaror natijasi kutilgan natija bermasa, 1- bosqichga qaytiladi.
Misol uchun, yangi lavozim ochish masalasini ko‘rib chiqamiz.
Ochiq muhokama: HR, Moliya, COO, CEO va bo‘lim rahbari yig‘ilib, yuzma-yuz uchrashuvda barcha fikrlarni o‘rtaga tashlaydi. Shoshilmaydi.
Aniq qaror: Lavozim ochilsa - tashkiliy tuzilmadagi o‘rni, vazifa va huquqlari aniq ko‘rsatiladi. Ochilmasa - rad etish sabablari aniq aytiladi.
To‘liq qo‘llov: Muhokamada qarshi bo‘lishidan qat’i nazar, qaror qabul qilingach, hamma uni bajarishi, qaror to‘g‘ri chiqishiga ko‘maklashishi shart. E’tirozlar qabul qilinmaydi.
Shaxsiy tajribamdan, bu jarayonni onlayn o‘tkazganda natija yaxshi bo‘lmagan, hamma yetarlicha erkin bo‘lolmagan, natijada ko‘p noroziliklar kelib chiqqan.
Ba’zan hamma qoidalarga rioya qilgan bo‘lsam ham, yakunda qarordan keyin e’tiroz bo‘lgan, chunki jarayon qoidalarini oldindan tushuntirmagan edim.
Shuning uchun qaror qabul qilishda qatnashadigan har bir kishi bilan bu tartibni oldindan kelishib olish juda muhim.
Agar, yuqoridagi tartibga amal qilinmasdan qilingan qaror bo‘lsa, e’tiroz kutmaslik ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Yoki jamoa juda kuchsiz, indolmaydi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir
Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…
G‘ayrat, yaxshi yechim kerak bo‘lsa — eng oxirida gapir.
Muammo yechish uchun xodimlarni to‘pladingmi yoki masalani guruhga tashladingmi — rahbar sifatida avval o‘zing gapirma. Boshqalarni birma-bir eshit. Chunki sen…
G‘ayrat, majlis ham o‘z-o‘zidan zo‘r bo‘lmaydi. Uni boshqarish kerak
Rahbari yo‘q yoki boshqarilmagan majlisni esla. Odatda manzara bir xil: • gap ko‘p, natija yo‘q • bir-ikki odam gapiradi, qolganlar jim • mavzu tez-tez…