G‘ayrat, aslida e’tiroz senga edi
Ba’zi jamoadoshlarimiz yangi menejerlarimizdan biriga uning xodimlarining ishidagi ba’zi kamchiliklar haqida aytishgan ekan. E’tirozlarni eshitgan menejerimiz,…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBa’zi jamoadoshlarimiz yangi menejerlarimizdan biriga uning xodimlarining ishidagi ba’zi kamchiliklar haqida aytishgan ekan.
E’tirozlarni eshitgan menejerimiz, ularni jamoasiga ham bildirgani, muammolarni to‘g‘rilashga harakat qilgani haqida xabar berishdi.
Masalani tezda yechishga kirishgani juda xursand qiladi. Faqat, shu jarayonda ikki jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygani o‘rtaga chiqdi:
1. E’tirozlarni o‘zini nomidan emas, boshqalardan, deb jamoaga aytgan;
2. Jamoani agar yaxshi ishlashmasa, yil yakunida ishdan bo‘shatilishlari mumkin, deb qo‘rqitgan.
Menejerimiz bilan gaplashib, bosiq ohangda tushuntirdim:
1. Jamoangizga e’tiroz aslida sizga e’tiroz, faqat buni sizga boshqalar yumshoq qilib aytishadi.
2. Istalgan e’tirozga siz o‘zingiz ham qo‘shildingizmi, endi uni egasi siz bo‘lishingiz kerak, 3-tomon emas.
3. Jamoangizga boshqalar ularni yomonlagani haqida gapirar ekansiz, ularga ham boshqalarni yomonlashga ruxsat berayotgan bo‘lasiz.
4. Ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitish jamoani kayfiyatini o‘ldiradi, siz aksiga umid berishingiz kerak.
5. Ishdan bo‘shatish aytiladigan gap emas, qilinadigan qaror. U o‘sha vaqtdagi natijaga qarab bo‘ladi, hozirdan emas.
6. Xatoni to‘g‘rilash uchun har bir xodimingiz bilan 1x1 suhbat qilishingiz, o‘rni kelganda xatoyingizni tan olib, ularga umid berishingiz kerak.
Shu va boshqa tavsiyalarimni berib, suhbatni yakunladim. Bir necha kundan keyin aytgan yechimimizni qilgani, munosabat yaxshilangani haqida xabar berdi.
Lider sifatida bizni ishimiz o‘rgatish, o‘zimidan keyingi odamlarni yaxshiroq bo‘lishlariga yordamlashish.
Shunda, odamlar bizga istab ergashadi, savol berib o‘rganishga harakat qiladi.
Agar jazolayversak, hech kim oldimizda qolmaydi. Jazolashni o‘rnilari bor, albatta. Avvalroq yozgandim.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…