Asosiy mazmunga o‘tish
Majlis va qaror1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, majlisni boshqarish kerak

Avvalo, majlissiz bitmaydigan ishlarnigina (MBI) majlis qilib yechishing kerak. MBI — bir vaqtda bir necha kishi, o‘zaro muhokama qilishi shart masalalar.…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Avvalo, majlissiz bitmaydigan ishlarnigina (MBI) majlis qilib yechishing kerak.

MBI — bir vaqtda bir necha kishi, o‘zaro muhokama qilishi shart masalalar.

Odatda, majlislarda sergap xodim ko‘p gapiradi, kamgap kishi esa kam gapiradi, majlis moderatori (MM) esa hech narsa qilmaydi — bu jiddiy xato.

MM — ishtirokchilar orasidagi eng yuqori lavozimdagi inson yoki o‘zaro rozilik asosida tayinlangan kishi.

Majlis moderatori sifatida har bir ishtirokchiga har masalaga yetarlicha fikr bildirolishi uchun teng vaqt berishing kerak.

Sergap gapirishni boshlashidan avval unga, masalan 2 daqiqa vaqt berilganini aytasan. Cho‘zmoqchi bo‘lsa, gapini bo‘lib, keyingi odamga navbat berasan.

Kamgap kishi ozroq fikr bildirsa, masalan, yana nima fikringiz bor, biz bilishimiz kerak, deb gapirishga undaysan.

Tajribada, bir mavzu yopilmasdan boshqa yoki keyingi mavzuga o‘tlaydiganlar chiqadi, ularni ham so‘zini bo‘lib, bu mavzuga navbat kelishini aytib asos mavzuga qaytarasan.

Bunday qilmasang, vaqtni nazorat qilolmaysan, natijada yakunda biror tayinli vazifa yoki qarorga ham kelolmaysan.

Kelsang ham sergaplarning ta’sirida qaror qilasan va ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Majlis va qaror

G‘ayrat, rahbar kreslosida kamroq o‘tir

Bir notanish tadbirkor akamiz tanishuv suhbatiga ofisiga taklif qildi. Xonaga kirdik. Kaminani oddiy xodim stuliga o‘tqazdi, o‘zi esa rahbar kreslosiga o‘tirdi.…

1 daqiqa