G‘ayrat, intervyuda tanlayotgan faqat sen emassan
Nomzod qancha professional yoki o‘z potensialini yuqori, deb ishonsa, u ham shuncha ish beruvchini ko‘proq tanlaydi Sen jamoadoshlaring bilan Xudo bergan 7…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriNomzod qancha professional yoki o‘z potensialini yuqori, deb ishonsa, u ham shuncha ish beruvchini ko‘proq tanlaydi
Sen jamoadoshlaring bilan Xudo bergan 7 kundan 6 kunida 8 soatdan birgasan, jami haftasiga 48 soat!
Endi qara, sen ham, u ham hatto ota-onasi bilan kunda 30 daqiqadan ortiq vaqt o‘tkazmaysizlar. Do‘stlaring bilan ham 1-2 soatdan nariga o‘tmaydi.
Hamkasblar ongli umrining eng katta qismini sen bilan, men bilan o‘tkazadi. Ularni baxtli his qildiradigan ham biz, stressiga sabab bo‘ladigan ham biz.
2021-yil Meritda sotuv bo‘limini tizimlashtirayotgan vaqtimda bir operatorimiz bilan ishlash juda yoqmas edi.
Ertalab uydan chiqib, shu qiz bilan gaplashishga to‘g‘ri kelishini o‘ylab siqilar edim. U mendan pastroq lavozimda edi, mendan ham yomonroq his qilgan bo‘lsa kerak o‘shanda.
Bir muddatdan keyin chidolmadim, o‘rniga odam topmasdan ham ishdan bo‘shatdim, ancha xotirjam bo‘lgandim natijada. Badali 3-4 kun o‘zimiz operatorlik qilganmiz, navbat bilan.
Intervyuda o‘zing bo‘l, soxta kimnidir yasab olma, masalan o‘zingcha jiddiy bo‘lma, yoki aksi.
Hazilkashmisan? Intervyuda ham hazil qil, jiddiymisan, bildir. Yakunda, seni xarakteringni qisman tanib ishga kirsin.
Yakunda ishga kirsa baribir aslingni biladi, faqat intervyuda soxta bo‘lgan bo‘lsang, sendan ko‘ngli to‘liq qolib ketadi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasa
Tadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi: — Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti.…
G‘ayrat, qarindoshni ishga olishga jiddiy e’tibor qil
Avvalo, vazifaga loyiq bo‘lmasa — olma. Vaqt o‘tib ishdan bo‘shatsang, qattiqroq hafa bo‘ladi. Bo‘shatmasang, jamoang xafa bo‘ladi. Loyiq deb o‘ylayapsanmi?…
G‘ayrat, agar nomzodning oldingi ishxonasi uni ochiqchasiga maqtamasa — ishga olishga shoshilma
“Yaxshi bola edi”, “bo‘ladi”, “yomon emas” degan gaplar — odob bilan aytilgan “biz undan qoniqmadik” degani. Agar xodim haqiqatan ham kuchli bo‘lganida: — aniq…