G‘ayrat, himmati qimmatga tushadi
Kecha Toshkentdagi brend avtoservislardan biriga ishim tushdi. Mashinamni diagnostika qilishdi va nosozlikni hal qilolishlariga ishontirishdi. Kech soat 17:00…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriKecha Toshkentdagi brend avtoservislardan biriga ishim tushdi. Mashinamni diagnostika qilishdi va nosozlikni hal qilolishlariga ishontirishdi.
Kech soat 17:00 lar edi, nosoz ehtiyot qismlarni yechib tuzatishlariga kelishdik. Ikki soatlardan keyin qismlarni yechib ham bo‘lishdi. Mashina yurmaydigan holatda.
Belgilangan ish vaqti 21:00 gacha ekan, yana 2 soat vaqtimiz bor, tuzalib qolar, deb turgan edim. Birdan, mutaxassis ishni to‘xtatib, "ertaga ertalab 9:00 dan kelaverasiz, shunda ko‘ramiz" deb qoldi.
Hayron bo‘ldim, hali vaqt bor bo‘lsa, tuzatavermaydimi, birato‘la bugun qutilgani unga ham yaxshi-ku. Mayli, charchagandir, ertaga ertalabdan tugatib bermoqchi, deb o‘zimni ovutdim va 9:00 da ish boshlaydigan bo‘ldi, kelishdik.
Bugun soat 9:30, usta yo‘q. Filial servis menejeri oldiga 10:15 da bordim va "amalda 9:00 dan ish boshlanmaydimi?" deb so‘radim. Javobi juda qiziq bo‘ldi: "Kecha usta kech 12:30 da ketgan edi, shunga bugun kech kelyapti" dedi.
Boshqaruv va tizim bo‘yicha mutaxassis sifatida bir gap keldi, o‘ziga aytishga biroz hijolat bo‘ldim shekilli. Endi shuni shu yerda yozib qo‘yaman:
Birodar, yarim kechagacha ishlashlaring himmatlaring, lekin ertalab 9:00’da ishda bo‘lishlaring esa majburiyatlaring.
Himmat majburiyatni bajarmaslikka sabab bo‘lmasligi kerak, unda tizim buziladi, servis buziladi.
Boshqa mijozga himmat qilaman, deb boshqa mijozlar haqqini (vaqt) olyapsiz, servis sifatingiz tushyapti.
Buni aqlli mijozlar tushunadi, sizdan yaxshiroq yoki sizdek va va’dasida turadigan boshqa servis topishi bilan sizdan ketadi.
Yakunda, himmatni, deb doimiy mijozlardan ayrilasiz. Avval majburiyatingizni bajaring, shunda yo‘q bo‘lib ketmaysiz.
Hali to‘liq xizmat ko‘rsatib bo‘lishmadi, natijani kutyapman. Balki, shu gaplarimni oxirida filial rahbariga aytib qo‘yarman.
Faqat bunda bir muammo bor, filial rahbari kechagi ustaning o‘zi ekan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, sen biznesdan chiqishni istamaysan
Bir safar oyiga $5–10 ming topayotgan tadbirkorlar klubi uchrashuviga oddiy mehmon sifatida taklif qilishdi. 30 ga yaqin tadbirkor yig‘ilgan ekan. Deyarli hech…
G‘ayrat, xodim bo‘lish kuchsizlik emas
Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidan real ish keladi. Katta mas’uliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. Evaziga…
G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzma
Bir yaxshi inson bilan oshna-og‘ayni, tanish-bilish bo‘lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa. “Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek…